«Real» Entso Fernandes transferi bo'yicha muzokaralarni tezlashtirmoqda

Madridning «Real» klubi «Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandesga qiziqish bildirishda davom etmoqda.
Jurnalist Fabio Gatto bergan ma'lumotlarga ko'ra, Madrid klubi argentinalik futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarni jadallashtirmoqda. Ayni damda o'tish borasidagi muhokamalar ilg'or bosqichga kirdi va «qaymoqranglilar» yakuniy kelishuvga erishish ustida ishlashda davom etishmoqda. Fernandes kelasi mavsum oldidan yarim himoya chizig'ini kuchaytirish uchun «Real»ning asosiy maqsadi bo'lib qolmoqda.
Entso Fernandes 2023 yilda «Benfika»dan «Chelsi»ga 121 million evro evaziga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2032 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda argentinalik futbolchi London klubi safida barcha musobaqalarda 54 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar