"Real" Endrikning "Lion"dagi o'yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda

"Real" "Lion"da ijarada to'p tepayotgan hujumchi Endrikning o'yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
The Touchline ma'lumotlariga ko'ra, madridliklar braziliyalik futbolchining salohiyatini inobatga olgan holda, ijara davridayoq u yozgi transfer oynasida "qaymoqranglilar" uchun haqiqiy topilmaga aylanadi, deb hisoblamoqda. Chunki klub kelajakda Endrikka katta umid bog'lagan. "Real" iltimosiga ko'ra, Endrik "Lion" safida o'ng vinger pozitsiyasida harakat qiladi — aynan shu joyda uni Madrid klubida kelajakda ko'rishmoqda.
Endrik joriy mavsum oxirigacha ijara asosida yanvar oyida "Real"dan "Lion"ga o'tgan edi. Hujumchi frantsuz jamoasi safida hozirgacha 2 ta o'yinda g'alaba qozonishga hissa qo'shib, 1 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.