"Real" Endrik bo'yicha ikkita yirik taklif oldi

"Real"da Endrik bo'yicha takliflar bor.
Qayd etilishicha, APLning nomi oshkor etilmagan ikki klubi hujumchi uchun 65 mln evro taklif qilgan. Ammo "Real" ularga rad javobini berdi. Madridliklar Endrikni sotishni rejalashtirmayapti.
Joriy transfer oynasida forvard "Lion"ga ijara asosida o'tdi. Endrik frantsuz klubi safida 3 ta o'yin o'tkazdi. Ularda futbolchi 4 gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.