"Real" EChLda ajoyib natija qayd etmoqda

"Real" deyarli etti yildan beri Chempionlar Ligasining har bir uy o'yinida gol urmoqda.
Xabi Alonso jamoasi ChL umumiy bosqichining 3-turida "Yuventus"ni mag'lub etdi (1:0).
"Real" Chempionlar Ligasidagi so'nggi 83 ta uy o'yinidan faqat bittasida - 2018 yil dekabrda TsSKAga qarshi uchrashuvda (0:3) birorta ham gol ura olmagan.
Madridliklar o'sha mag'lubiyatgacha ketma-ket 44 ta o'yinda gol urgan va Moskva klubiga qarshi uchrashuvdan keyin ham ketma-ket 38 ta o'yinda gol urishni davom ettirmoqda.