"Real" Donnarumma variantiga e'tibor ham bermagan

Darvozabon Janluidji Donnarumma yozgi transferlar oynasi yopilishi oldidan "Pari Sen-Jermen"ni "Manchester Siti"ga almashtirdi. Italiyalik futbolchiga Evropaning boshqa grandlari, jumladan, "Real" ham qiziqish bildirgan. Jurnalist Fabritsio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, "qaymoqranglilar" o'tgan yozda darvozabon bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqmagan. Klubda Tibo Kurtuaga ishonishadi.
Janluidji Donnarummaning transferi "Manchester Siti"ga 30 mln evroga tushdi. 26 yoshli futbolchi "shaharliklar" bilan 2030 yilning yarmigacha, yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan shartnoma imzoladi. "PSJ"da kiper to'rt yil davomida o'ynadi.