Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham «Real» boshqaruvini qo'lga olishi mumkin.

Jurnalist Ramon Alvares de Monning ma'lumotlariga ko'ra, Madrid klubi rahbariyati Deshamni yuqori baholamoqda. Shuningdek, «qaymoqranglilar» tarkibidagi frantsuz futbolchilari ham Dide haqida ijobiy fikr bildirishgan.

Biroq, murabbiyning «Real»ga tayinlanishida Jahon chempionati to'sqinlik qilishi mumkin. Madrid klubi yangi murabbiy JCh-2026 boshlanishidan oldin tayinlanishini istamoqda.

Dide Desham 2012 yildan beri Frantsiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida «uch ranglilar» Rossiyada o'tgan 2018 yilgi Jahon chempionatida, shuningdek, 2021 yilda Millatlar ligasida g'olib chiqishgan.