"Real" darvozaboni Andrey Lunin Angliya Premer-ligasiga ko'chib o'tishi mumkin. Defensa Central xabariga ko'ra, 26 yoshli ukrainalik futbolchiga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda.

London klubi darvoza pozitsiyasini kuchaytirish variantini ko'rib chiqmoqda va Lunin yanvardagi ehtimoliy transfer uchun asosiy nomzodlar qatorida ko'rilmoqda. Xabar qilinishicha, "shporlar" uning uchun 12-15 mln evro atrofida mablag' taklif qilishga tayyor. Biroq, manbaga ko'ra, Madrid klubi ukrainalikni mavsum davomida qo'yib yuborish niyatida emas.

Joriy mavsumda Lunin "Real"ning asosiy jamoasi safida hali birorta rasmiy o'yin o'tkazgani yo'q.