"Real" Dani Karvaxal bo'yicha qaror qabul qildi - El Nacional

Madridning "Real" klubi o'ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal joriy mavsum yakunlangach jamoani tark etadi. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "qirollik klubi" rahbariyati himoyachiga yangi mehnat shartnomasini taklif qilmoqchi emas. Karvaxalning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirida o'z nihoyasiga etadi.
33 yoshli ispaniyalik "Real" safida 2013 yil yozidan buyon to'p tepib kelmoqda. Karvaxalning bozor narxi etti million evroga baholanmoqda.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida himoyachi ettita uchrashuvda ishtirok etdi.