«Real»dan yarim himoyachi ketishi mumkin

Marokash terma jamoasi va Madridning «Real» klubi vingeri Braim Dias Italiya A Seriyada faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, turinning «Yuventus» klubi marokashlik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. «Keksa sinora» Braimning ehtimoliy transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Diasning «qirollik klubi» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Yarim himoyachining bozor qiymati 35 million evroga baholanmoqda.
O'tgan mavsumda vinger 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar