"Real"dan "Oltin to'p" taqdirlash marosimiga hech kim bormasligi ma'lum bo'ldi

"Real" "Oltin to'p" marosimini boykot qilishda davom etadi.
2024 yilda "qirollik klubi" mukofot Vinisiusga nasib etmasligini bilib, delegatsiyaning tadbirga tashrifini bekor qilgandi.
The Athletic xabariga ko'ra, bu yil ham "Real" shunday qiladi. Bugungi "Oltin to'p" marosimida "Real" futbolchilari ham bosh sovrin, ham eng yaxshi yosh o'yinchi va eng yaxshi darvozabon sovriniga da'vogarlik qilayotgan bo'lsa-da, klub vakillari bo'lmaydi.
"Madrid" shu paytgacha rasmiy kanallari orqali "Oltin to'p" haqida og'iz ochgani yo'q.