"Real"dagilar "Yuventus" futbolchisining harakatlaridan juda hayratda

Yaqinda Madridning "Real" va "Yuventus" klublari Chempionlar ligasida o'zaro to'qnash keldi. Uchrashuv "qaymoqranglilar"ning minimal g'alabasi bilan yakunlandi - mehmonlar darvozaboni Mikele di Gregorio o'yin davomida sakkizta zarbani qaytardi. Jurnalist Mirko di Natalening ma'lum qilishicha, italiyalik darvozabonning o'yini ispan grandi vakillarida katta taassurot qoldirgan. "Qirollik klubi" "keksa sinora" futbolchisining o'yinlarini kuzatishda davom etishi ham ehtimoldan xoli emas.
28 yoshli di Gregorioning transfermarkt portalidagi narxi 18 mln evroga baholanmoqda, futbolchining "Yuventus" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.