"Real"da Zidanni murabbiylikka qaytarish rejasi bormidi?

Avvalroq, OAVda "Real" Xabi Alonso o'rniga Zinedin Zidanni murabbiylikka qaytarish imkoniyatini ko'rib chiqayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
AS nashri bu ma'lumotni rad etib, o'tgan bahorda ham, hozir ham Madrid klubi bosh murabbiyligiga Alonsodan boshqa muqobil nomzod muhokama qilinmaganini ta'kidlamoqda.
Ta'kidlanishicha, Zidanning "Real" bilan munosabatlari yaxshi, ammo uni murabbiy qilib tayinlash bo'yicha rejalar yo'q. Frantsuz "Real"ni ikki marta boshqargan: 2016-2018 va 2019-2021 yillarda. Jamoa bilan u uch marta Chempionlar ligasida g'olib chiqdi.
Manbaning frantsuz matbuotiga tayanib xabar berishicha, Zidan Frantsiya terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionati yakunida, Dide Desham jamoani tark etganida qabul qiladi.