«Real»da yangi jarohat: Bu safar asosiy yarim himoyachi safdan chiqdi

Juma oqshomida «Real» Ispaniya chempionati doirasida safarda «Betis» mehmoni bo'ladi. Madridliklarga ushbu bahsda yarim himoyachi Orelen Tchuameni yordam bera olmaydi.
Jurnalist Serxio Kirantening ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Tchuameni chap oyoq boldir mushaklaridagi zo'riqish tufayli maydonga tusha olmaydi.
«Betis» va «Real» o'rtasidagi La Liga bahsi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da (25 aprelga o'tar kechasi) boshlanadi.