“Real”da o'tgan oyning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Madridning “Real” klubi o'tgan avgust oyining eng yaxshi futbolchisini aniqladi.
Bu o'ninchi raqam ostida o'ynaydigan hujumchi Kilian Mbappe edi. G'olib ovoz berish yo'li bilan aniqlandi, Mbappe Primeroning dastlabki uch turida uchta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, "Real" uch tur natijasiga ko'ra birinchi o'rinda bormoqda. “Qaymoqranglilar” hisobida to'qqiz ochko va uchta g'alaba bor.
Ispaniya chempionatining dastlabki uch turida ochko yo'qotmagan ikkinchi klub – “Atletik Bilbao”.