«Real»da muhit o'zgardi: Arbeloa kelgach, futbolchilar engil nafas ola boshlashdi

Yanvar oyida, Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, «Real» bosh murabbiyni almashtirishga qaror qildi: Xabi Alonso iste'foga chiqarildi, Alvaro Arbeloa esa tayinlandi. The Touchline nashrining xabar berishicha, jamoa ichidagi muhit o'zgargani sezilmoqda. Bir nechta futbolchilar ismi sir qolishi sharti bilan Arbeloa kelgach, vaziyat ancha erkin va tabiiylashganini aytishdi.
Alonso davrida «Real»ning hamma futbolchilari ham mamnun emasdi, chunki Xabining o'yin modeli haddan tashqari qat'iy tuzilmaga (strukturaga) ega edi. Murabbiy ketganidan so'ng ko'plab o'yinchilar elkalaridan tog' ag'darilgandek engillikni his qilishdi.
Hozirda «Real» La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. «Barselona» esa ulardan to'rt ochko ko'proq jamg'argan.