"Liverpul" markaziy himoyachisi Ibraima Konate yozda jamoasini o'zgartirishi dargumon. Frantsuzning transferiga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda va u joriy transfer oynasi yopilgunga qadar transfer haqida o'ylab yurgan edi. Defensa Central nashri tarqatgan xabarga ko'ra ispan grandi 26 yoshli futbolchini hozir sotib olmaslikka qaror qilgan. "Qaymoqranglilar" futbolchining mersisaydliklar bilan shartnomasi yakunlangach, uni joriy mavsum yakunlangach erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.

Ibraima Konatening Transfermarkt saytidagi narxi - 60 mln evro. Avvalroq, "Real" uni avgust oyida 35 mln evroga sotib olishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.