«Real»da jamoaning etakchi yulduzlari orasida tortishuv avj olmoqda

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoadoshi Vinisius Juniorning o'yini va maydondagi xatti-harakatlaridan norozi, deb xabar bermoqda El Nacional.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, Mbappe klub rahbariyatiga murojaat qilib, braziliyalik vingerni sotishni so'ragan.
Shuningdek, frantsuz futbolchisi Vinisiusning o'rniga markaziy hujumchi olib kelishni taklif qilgan. Ilgari esa Erling Xolandning «Real»ga ehtimoliy transferi aynan Vinisius Juniorning kelajagiga bog'liqligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
O'yinchilar ikki mavsumdirki, bir-biri bilan to'liq kelisha olmayotganining asosiy sabablaridan biri — pozitsiya masalasi. Chunki har ikkalasi ham chap qanotda o'ynashni ma'qul ko'radi.
Bundan tashqari, PSJning sobiq futbolchisi Mbappe Vinisiusdagi 7-raqamni o'zlashtirmoqchi, chunki u o'zini bu raqamga ko'proq loyiq deb hisoblaydi.