«Real»da «Barselona»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng 5 nafar yulduzning taqdiri so'roq ostida qoldi

«El-klasiko»dagi mag'lubiyatdan so'ng «Real»ning besh nafar futbolchisi kelajagi navbatdagi transfer oynasi oldidan so'roq ostida qoldi», — deb yozadi dushanba kuni Defensa Central nashri.
Maqolada «Kamp Nou»dagi o'yinda harakatlari qoniqarsiz deb topilgan futbolchilar haqida so'z boradi. Ushbu «qora ro'yxat»dan Jud Bellingem, Vinisius Junior, Antonio Ryudiger, Orelen Tchuameni va Eduardo Kamavinga o'rin olgan.
Eslatib o'tamiz, yakshanba kuni «Real» «Barselona»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu «el-klasiko»dan so'ng «ko'k-anorranglilar» Ispaniya chempionati turnir jadvalida etib bo'lmas darajada ilgarilab ketishdi. So'nggi vaqtlarda yozda «Real» bosh murabbiyligiga Joze Mourino qaytishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlar ham avj olmoqda.