Madridning "Real" klubi bugun, 25 fevral tunda "Benfika"ga qarshi EChL o'tish o'yini javob uchrashuvini o'tkazishadi.

"Qirollik klubi" tarkibida Jud Bellingem, Orelen Tchuameni, Din Xyoysen va Vinisius Junior diskvalifikatsiya xavfida turibdi.

Xyoysen va Bellingem jarohat sabab bugungi o'yinni o'tkazib yuborishini hisobga olsak, agarda Tchuameni va Vinisius sariq olgan taqdirda ehtimoliy nimchorak final dastlabki o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin.