«Real» Chempionlar ligasidagi rekord seriyasini davom ettirmoqda

«Real Madrid» Chempionlar ligasining joriy mavsumida eng kuchli 16 ta jamoa qatoridan joy oldi.
Alvaro Arbeloa shogirdlari o'tish bosqichining har ikkala uchrashuvida «Benfika»ni mag'lub etishdi — 1:0 va 2:1.
So'nggi bor «Real» Chempionlar ligasining 1/8 finaliga chiqa olmagan mavsum 1996/97 yilga to'g'ri keladi — o'shanda madridliklar musobaqaning o'zida ishtirok etishmagan edi. O'shandan beri «Real» ketma-ket 29 marta ushbu bosqich yoki undan ham yuqoriroq bosqichlarga qadar etib bormoqda.