Madridning «Atletiko» klubi argentinalik forvardi Xulian Alvaresning kelajagi borasida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, ayni damda Madridning «Real» klubi Alvares transferi bo'yicha muzokaralarda oldinga siljimayapti. «Atletiko» uni 150 million evro evaziga sotishni rad etganidan so'ng, «qaymoqranglilar» ushbu kelishuvdan chiqishgan.

Manbaga ko'ra, «Barselona» hali ham Alvaresga qiziqish bildirmoqda va u bilan har kuni aloqada bo'lib turibdi, biroq transferning amalga oshishi baribir «Atletiko»ning qaroriga bog'liq.

2025/26 yilgi mavsumda Alvares barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz