"Real" bu yulduz uchun 150 million evro to'lashga tayyor

"Real" yozgi transferlar oynasida "Chelsi" yarim himoyachisi Entso Fernandesni sotib olmoqchi.
Ispaniya grandi futbolchi uchun katta mablag' tayyorlamoqda. "Qaymoqranglilar" Entso uchun 150 million evro taklif qilishmoqchi. Yarim himoyachining o'zi ham "Chelsi"dan ketmoqchi. Mazkur transfer klubdagi prezidentlik saylovlarida g'alaba qozonishga intilayotgan Florentino Peresning shaxsiy tashabbusi hisoblanadi.
Entso Fernandesning "Chelsi" bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2032 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 90 million evroga baholamoqda.