"Real" bu borada "Barselona"ni ortda qoldirdi

"Real Madrid" o'tgan mavsumda La Ligada televidenie huquqlaridan tushadigan daromad bo'yicha eng foyda olgan klub bo'ldi.
Marca nashrining ma'lumotlariga ko'ra, "qirollik klubi" audiovizual daromadlarni taqsimlashdan olingan mablag'lar miqdori bo'yicha reytingda birinchi o'rinni egalladi. Liga chempionat ishtirokchilari o'rtasida jami 1,292 milliard evro taqsimladi.
"Real Madrid" bu summaning eng katta ulushini, ya'ni 157,92 million evroni oldi. Ularning ortidan asosiy raqibi "Barselona" 156,45 million evro daromad oldi.
"Atletiko Madrid" esa 108,17 million evro daromad olib, kuchli uchlikni yakunladi. Shunisi e'tiborga loyiqki, bu uchta klub 100 million evrolik chegarani buzgan yagona klub bo'ldi.