«Real» bosh murabbiy lavozimi uchun uch nafar yakuniy nomzodni tanlab oldi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiylik uchun yakuniy short-listni tuzdi. Ro'yxatdan uch nafar mutaxassis o'rin olgan bo'lib, jamoaning yangi ustozi aynan ulardan biri bo'ladi.
Yakuniy nomzodlar qatoriga Massimiliano Allegri, Joze Mourino va Maurisio Pochettino kiritilgan.
Avvalroq «Real» Yurgen Kloppni taklif qilish g'oyasidan voz kechgani ma'lum bo'lgandi. Shuningdek, «Qirollik klubi» Yulian Nagelsmann bilan ham bog'lanayotgan edi.
Manba: football24.ru