Bugun, 17 fevral seshanba kuni Chempionlar ligasining 1/16 final bosqichiga start beriladi. Opta superkompyuteri bo'lajak uchrashuvlar uchun o'z taxminlarini e'lon qildi va favoritlarni aniqladi.

Pley-off bosqichini «Galatasaroy» va «Yuventus» jamoalari ochib berishadi. Turin klubi 44% g'alaba imkoniyati bilan ushbu juftlik favoriti sifatida ko'rilmoqda.

Madridning «Real» klubi ham safarda «Benfika»ga qarshi bahsda favorit (47%). Dortmundning «Borussiya»si esa o'z maydonida «Atalanta»ni mag'lub etishi kutilmoqda (47,5%).

Boshqa juftliklardagi imkoniyatlar quyidagicha:

  • «PSJ» — «Monako»ga qarshi o'yinda favorit (56,5%);

  • «Nyukasl» — «Qorabog'» ustidan g'alaba qozonish imkoniyati yuqori (63,6%);

  • «Inter» — «Budyo-Glimt»ni mag'lub etishi kutilmoqda (53,2%);

  • «Atletiko» — «Bryugge» bilan bahsda ustunlikka ega (47,5%);

  • «Olimpiakos» — «Bayer»ga qarshi (39,5% imkoniyat bilan favorit deb topilgan).