«Real» - «Bavariya». Diasning goli va Tchuamenining diskvalifikatsiyasi: Birinchi bo'lim tafsilotlari

Chempionlar ligasi chorak finalidan o'rin olgan dastlabki uchrashuvning birinchi bo'limidan so'ng «Bavariya» «Real»ni mag'lub etmoqda — 1:0.
Uchrashuvning 41-daqiqasida Luis Dias hisobni ochdi.
36-daqiqada esa «Real» yarim himoyachisi Orelen Tchuameni sariq kartochka bilan jazolandi. Shu tariqa, frantsiyalik futbolchi 15 aprel kuni Myunxenda bo'lib o'tadigan javob bahsini o'tkazib yuboradigan bo'ldi.
Manba: www.stadion.uz.