"Real", "Barselona" va APL grandlari "Roma" yulduzi uchun navbatda

"Roma" klubining o'ng qanot himoyachisi Uesli Fransa yozgi transfer oynasi vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Taniqli jurnalist Ekrem Konurning ta'kidlashicha, 22 yoshli braziliyalik futbolchiga Evropaning bir qator grand klublari, jumladan, "Barselona", "Real" Madrid, "Manchester Siti", "Arsenal", "Tottenxem" va "Nyukasl" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Hozirgi vaqtda ehtimoliy transfer summasi 60 million evrodan yuqori baholanmoqda. Ueslining rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, "Roma" ushbu himoyachini o'tgan yozda 25 million evro evaziga sotib olgan edi. "Bo'rilar" tarkibida u barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga beshta gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.