"Real" rahbariyati "Barselona"ning 2010-2018 yillardagi barcha faoliyati haqida qog'ozlar va hujjatlarni taqdim etishni talab qildi, deb yozadi AS.

Madrid klubi quyidagilarni talab qiladi:

- 2010 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda "Barselona" ichki auditi hujjatlarining to'liq to'plami
- klubning 2010 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrdagi moliyaviy faoliyati bo'yicha yillik hisobotlari
- soliq qo'mitasining shu davrdagi majlislari to'g'risidagi hisobotlar.

"Real" "Barselona" nega hakamlar texnik qo'mitasi vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga millionlab evro to'laganini aniqlamoqchi. Avvalroq, klub 2016-2018 yillar davomida Negreyraga 1,4 million evro to'lagani xabar qilingandi.