«Real» «Negreyra ishi» bo'yicha «Barselona»ni jazolashni talab qilishda davom etmoqda.

AS nashrining yozishicha, Madrid klubi UEFAga murojaat qilib, «ko'k-anorranglilar»ni Xose Mariya Negreyra faoliyat yuritgan davrda qo'lga kiritilgan barcha titullardan mahrum etishni talab qildi. Bundan tashqari, «qirollik klubi» suddan «Barselona»ni 2010–2018 yillarga oid ichki nazorat tizimi bo'yicha hujjatlarni taqdim etishga majburlashni so'radi. Bu orqali klubda korruptsiyaning oldini olish uchun qanday choralar ko'rilgani va ular amalda qanday ishlaganini aniqlash ko'zda tutilgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq «Barselona»ga rasman ayblovlar qo'yilgan edi. Tergov taxminiga ko'ra, kataloniyaliklar ko'p yillar davomida Hakamlar texnik qo'mitasi vitse-prezidenti bo'lgan Negreyraga u bilan bog'liq kompaniyalar orqali pul o'tkazib kelgan.

Manba: Stadion.uz