"Real" – "Atletiko" bahsi boshqa sanaga ko'chirilishi mumkin

28 sentyabr kuni “Atletiko” va "Real Madrid" Madrid derbisini o'tkazadi va “Real” 30 sentyabr kuni “Qayrat”ga qarshi o'yin o'tkazishi kerak.
Yuzaga kelishi kutilayotgan tig'iz taqvim haqida taniqli futbol eksperti Alisher Nikimbaev o'z fikrini bildirdi.
"72 soat ichida uchrashuv o'tkazilishiga hech kim ruxsat bermasligi aniq, shuning uchun "Real" va "Atletiko" o'yini boshqa kunga ko'chiriladi. Chempionlar ligasi o'yini qoldirilmaydi", – dedi u.