Londonning “Arsenal” klubi va Italiya terma jamoasi himoyachisi Rikkardo Kalafori yozgi transferlar oynasi vaqtida “Real” safiga o'tishi mumkin.

Insayder Janluka di Marsioning xabar berishicha, “qirollik klubi” ushbu transfer bo'yicha futbolchining vakillari bilan dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan. “Qaymoqranglilar”ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino himoyaning bir nechta nuqtasida ishonchli o'ynay oladigan universal futbolchi deb biladi. Shu bois uni o'z jamoasida ko'rishni istamoqda.

Qayd etilishicha, ushbu pozitsiya uchun yana bir asosiy nomzod sifatida “Manchester Siti”ning xorvatiyalik futbolchisi Yoshko Gvardiol variantiga ham e'tibor qaratilmoqda. Agarda Kalafori transferi muvaffaqtiyatsizlikka uchrasa, klub Gvardiol nomzodini ko'rib chiqadi.

Ma'lumot o'rnida, 24 yoshli Kalaforining bozor qiymati 55 million evroga baholanmoqda. Uning “kanonirlar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi yakuniga etgan mavsum “Arsenal” safida 26 ta o'yinda maydonga tushib, bir gol va ikki golli uzatma muallifiga aylangan.

Manba: daryo.uz