"Real" argentinalik iqtidorini yana o'z safiga qaytarish bo'yicha qaror qabul qilgan

"Komo" hujumkor yarim himoyachisi Nikolas Pas katta ehtimol bilan "Real"ga qaytadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Komo" "Tottenxem"ning Pas bo'yicha 70 million evrolik taklifini rad etishida "Real" rahbariyatining hissasi katta bo'lgan. Ta'kidlanishicha, "qaymoqranglilar"dagilar Pasning "Komo"da qolganidan juda xursand. Manbaning ta'kidlashicha, xavbekning 2026 yilning yozida Madridga qaytishi tobora haqiqatga yaqin bo'lib bormoqda.
Nikolas Pas "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'tgan yili "Komo" argentinalikni "qaymoqranglilar"dan olti million evroga sotib olgandi.
"Komo" tarkibida 20 yoshli yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, ettita gol urdi va o'nta golli uzatmani amalga oshirdi.