Alvaro Arbeloa "Real" boshqaruvida 4 ta o'yinda 3 ta g'alabaga erishdi.

Bugun Madrid klubi La Liganing 21-turida "Vilyarreal"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Avvalroq, "qaymoqranglilar" Chempionlar Ligasida "Monako"ni tor-mor etib (6:1), chempionatda "Levante"ni mag'lub etgandi (2:0).

Arbeloa faqat "Real" bosh murabbiyi sifatidagi ilk o'yinida - Ispaniya Kubogi 1/8 finalida "Albasete"ga yutqazdi (2:3).

28 yanvar kuni "Real" Chempionlar ligasida Joze Mourino boshchiligidagi "Benfika"ga qarshi maydonga tushadi.