«Real» «Alkorkon»ni kichik hisobda engdi

Madridning «Real» klubi yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida o'tkazilgan nazorat uchrashuvida «Alkorkon» jamoasi ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
O'yindagi yagona golga penaltini aniq amalga oshirgan Daniel Yanes mualliflik qildi.
Relevo jurnalisti Rodraning (Rodra) xabar berishicha, ushbu bahsda madridliklar safida Franko Mastantuono harakatlari bilan ajralib turdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar