"Real" afsonasi: "Mbappe har doim etakchi bo'lgan"

Madridning "Real" klubi sobiq hujumchisi Ugo Sanches klubning hozirgi yulduzi Kilian Mbappe haqida gapirdi.
Frantsiyalik forvard Chempionlar ligasining so'nggi turida Gretsiyaning "Olimpiakos" klubiga qarshi kechgan va "qaymoqranglilar"ning 4:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan o'yinda poker qayd etdi.
"Mbappe ajoyib formada. U ishonchga to'la va har doim o'ziga xos bo'lgan etakchilik xarizmasini namoyish etadi", - deya Ugo Sanchesning so'zlarini keltiradi El Larguero.
Kilian Mbappe joriy mavsumda "Real" safida barcha musobaqalarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi, shuningdek, 26 yoshli futbolchi hisobida 3 ta golli uzatma bor.