Niko Pas yozda "Real"ga qaytadi.

AS nashrining ta'kidlashicha, madridliklar yarim himoyachini 2026 yilning o'rtalarida "Komo"dan 9 mln evroga sotib olishga qaror qilgan. 21 yoshli futbolchi shundan keyin qayta sotilmaydi - u jamoada qoladi.

Qayd etilishicha, "Komo" qarshilik ko'rsatmaydi va boshqa klublarning aralashuvi istisno qilinadi.

Bu mavsumda Pas A Seriyada 15ta o'yinda maydonga tushdi va 10ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali kechagi yangilanishidan so'ng Pasning narxini 75 million evroga baholamoqda.