"Real" 73 sekundda "Malorka" darvozasiga 2 ta gol urdi

"Real" bir daqiqadan sal ko'proq vaqt ichida "Malorka" darvozasiga ikkita gol urdi.
Madrid klubi La Liga 3-turida "Malorka"ni qabul qilmoqda (2:1, tanaffus).
37-daqiqada Arda Gyuler hisobni tenglashtirgan bo'lsa, 38-daqiqada Vinisius "Real"ni oldinga olib chiqdi. Gollar o'rtasida 73 soniya vaqt o'tdi.
So'nggi ikki o'yinda Gyuler 1 gol va 1 golli uzatmani amalga oshirgan bo'lsa, Vinisius hisobida 2+1 bor.