OAV ma'lumotiga ko'ra, "Real Madrid" o'z himoya chizig'i kelajagini ta'minlay oladigan yosh iqtidorlarni izlashda transfer bozorini kuzatishda davom etmoqda.

Ispaniya grandi Karim Kulibaliga e'tibor qaratgan. U "Verder" safida to'p suradi. Nemis klubi futbolchini qo'yib yuborishga shoshilmayapti va himoyachi uchun 50 mln evro talab qilmoqda.

Joriy mavsumda Karim Kulibali 22 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 22 mln evroni tashkil etadi.

Manba: football24.ru