"Real" uch yildan buyon Ispaniya kubogini yuta olmayapti.

Alvaro Arbeloa jamoasi bugun 1/8 finalda Segunda autsayderi "Albasete"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 2:3.

Madridliklar ushbu turnirdagi so'nggi g'alabasini 2023 yilda qo'lga kiritgan. 2023/24 yilgi mavsumda ular 1/8 final bosqichida yurishini to'xtatgan bo'lsa, 2024/25 yilgi mavsumda esa hal qiluvchi o'yingacha etib borib, mag'lubiyatga uchrashdi.