«Real» 21 yoshli ingliz uchun 60 million evro sarflamoqchi

«Kristal Pelas» klubi markaziy yarim himoyachisi Adam Uorton karerasini Madridning «Real» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Defensacentral nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, «Real» 21 yoshli xavbek uchun taxminan 60 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, xabarlarda ta'kidlanishicha, «Manchester Yunayted» ham futbolchiga qiziqish bildirgan va uni kelgusi yozda transfer qilish imkoniyatini muhokama qilish uchun agent bilan muzokaralar o'tkazgan.
«Kristal Pelas» Uortonni 2024 yilda 21 million evroga sotib olgan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 6 ta o'yinda maydonga tushib, bir golli uzatma amalga oshirishga ulgurdi.