"Real" 2026 yilgi ilk transferi kim bo'lishini aniqlab oldi

Madridning "Real" klubi kelasi yozda qaysi futbolchini sotib olmoqchi ekanligi ma'lum bo'ldi.
Insayder Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, "Real" short-listida birinchi o'rinni argentinalik yarim himoyachi Nikolas Pas egallab turibdi, u 2024 yil avgust oyida Italiyaning "Komo" klubiga olti million evroga sotilgan. Manbaga ko'ra, Pasning shartnomasida "Real"ga uni o'n million evro evaziga tarkibga qaytarish imkonini beruvchi maxsus band bor.
Joriy mavsumda 21 yoshli Pas barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 4 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.