"Real" 2015 yildan buyon qayd eta olmayotgan natijasiga erishishi mumkin

Yakshanba oqshomida "Real" o'z maydonida "Barselona"ni qabul qiladi.
"Qirollik klubi" La Ligadagi so'nggi 8 o'yinida g'alaba qozondi.
Jamoa so'nggi bor ligada 2015 yilda 9+ o'yinda ketma-ket g'alaba qozongan edi. Klub navbatdagi o'yinda "Barselona"ni engsa, yana ushbu natijani takrorlashi mumkin.
Yakshanba kungi o'yin Toshkent vaqti bilan 20:15'da start oladi.