"Real" 160 million evroga "bomba" transfer amalga oshirmoqchi

Madridning "Real" klubi "Bavariya" vingeri Maykl Olise xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Germaniyaning Bild nashri xabariga ko'ra, "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres shaxsan o'zi 24 yoshli frantsuzni jamoada ko'rmoqchi.
Myunxenliklar o'z yulduzini sotmoqchi emas. "Qaymoqranglilar" futbolchi uchun 160 million evro to'lashga tayyor.
Olise joriy mavsumda 38 ta o'yinda 15 ta gol urib, 27 ta golli uzatma amalga oshirdi.