"Real" skautlari Afonsuning jismoniy ko'rsatkichlarini, to'pni oldinga olib chiqish hamda maydon chuqurligidan hujumlarga qo'shilish qobiliyatini yuqori baholamoqda.

Yarim himoyachi Ispaniya va Portugaliya fuqaroligiga ega bo'lib, Ispaniya o'smirlar terma jamoalarida to'p tepadi. Uning otasi Nunu Afonsu ilgari "Benfika" safida o'ynagan.