«RB Leyptsig» «PSJ» Diomande uchun «Liverpul»dan ko'proq mablag' taklif qilishini kutmoqda

Germaniyaning «RB Leyptsig» klubi «Liverpul» va «PSJ» jamoalari jiddiy da'vogarlik qilayotgan vinger Yan Diomandeni sotishga shoshilmayapti.
Angliya grandi bu borada ancha qat'iy qarorga kelgan va 19 yoshli porloq yulduz uchun allaqachon 100 million evro taklif qilib ulgurgandi, biroq nemislar buni rad etishdi. Bild nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, Leyptsig klubi rahbariyati parijliklar ulardan ko'ra ancha foydaliroq va kattaroq moliyaviy shartlar taklif qilishini kutmoqda. «Qizil buqalar»ning talabi esa o'zgarishsiz qolmoqda — ular ivuarlik iqtidor egasini kamida 120 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Hozirgi vaqtda «PSJ» Diomandening vakillari bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazib bo'lgan, biroq «RB Leyptsig» klubiga hali rasmiy so'rov yuborilgani yo'q. «Liverpul» esa, mavjud ma'lumotlarga ko'ra, yaqin soatlar ichida nemislarga ikkinchi, yaxshilangan taklifni yuborish niyatida.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar