Markaziy himoyachi Maksim Estev «RB Leyptsig» futbolchisiga aylandi. Bu haqdagi ma'lumot Germaniya klubining rasmiy saytida e'lon qilindi.

24 yoshli futbolchi Angliyaning «Byornli» klubidan sotib olindi. Avvalroq taniqli insayder Fabritsio Romano transfer summasi 32 million evroni tashkil etishini xabar qilgandi. Frantsiyalik futbolchi «qizil buqalar» bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

Esteve Angliyada ikki yarim yil davomida to'p surdi. «Byornli» safida himoyachi barcha turnirlarda 100 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Unga qadar futbolchi Frantsiyaning «Monpele» jamoasi sharafini himoya qilgan.

Manba: Stadion.uz