«RB Leyptsig» frantsiyalik himoyachini sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi

«RB Leyptsig» markaziy himoyachi Maksim Estev bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, nemis klubi frantsiyalik futbolchining o'tishi borasida «Byornli» bilan kelishuvga erishgan. Ingliz jamoasi bonus to'lovlarini hisobga olgan holda 32 million evro oladi.
Estev 2024-yildan beri «Byornli» safida to'p suradi. O'tgan mavsumda 24 yoshli frantsiyalik Angliya premer-ligasi doirasida 34 ta uchrashuvda maydonga tushgan, biroq samarali harakatlari bilan ajralib turmagan.
Germaniya chempionatining bo'lajak mavsumi 28-avgust kuni boshlanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar