«RB Leyptsig» klubi rahbariyatida bosh murabbiy Ole Vernerning iste'foga chiqarilishi ortidan kattagina nizo kelib chiqdi. «sport.de» nashri taqdim etgan ma'lumotlarga ko'ra, klub sport direktori Marsel Shefer mutaxassisning ishdan bo'shatilishi bo'yicha qaror qanday qabul qilinganidan qattiq norozi bo'lgan.

Shefer so'nggi oylar davomida ichki muhokamalarda Vernerni to'liq qo'llab-quvvatlagan va uning iste'fosiga ikki bor to'sqinlik qilgan edi. Biroq yakuniy qaror klubning o'zida emas, balki «Red Bull» korporatsiyasining global rahbariyati darajasida qabul qilindi.

Verner bilan xayrlashishning bosh tashabbuskorlaridan biri sifatida «Red Bull»ning futbol yo'nalishi rahbari Yurgen Klopp tilga olinmoqda. Aynan uning qat'iy pozitsiyasi ushbu masalada hal qiluvchi rolni o'ynagan, shundan so'ng murabbiy va uning butun shtabi lavozimidan ozod etilgan.

Yuzaga kelgan ushbu vaziyat tufayli Marsel Shefer mazkur qarorga norozilik belgisi sifatida yaqin orada o'z lavozimini tark etishi ham istisno qilinmayapti.

Manba: Stadion.uz