Rayya: «Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyati har kuni ham bo'lavermaydi»

«Arsenal» va Ispaniya terma jamoasi darvozaboni David Rayya jamoaning jahon chempionati – 2026 uchun qaydnomasiga kiritilgani haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
«Bu mening ikkinchi jahon chempionatim, bu orzu. Shu erda ekanimdan xursandman. Menda «Arsenal» bilan muvaffaqiyatli yil bo'ldi: o'zimning uchinchi «Oltin qo'lqop»imni va Premer-ligani yutdim. Yoshligingizda jahon chempionatini orzu qilasiz. Bunday turnirda ishtirok etish imkoniyati har kuni ham bo'lavermaydi», — deya Rayyaning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Ta'kidlash joizki, Rayya — Ispaniya terma jamoasining asosiy darvozaboni emas. Jahon chempionatining dastlabki ikki o'yinida asosiy tarkibda Unai Simon maydonga tushdi.
Ikki turdan so'ng ispaniyaliklar o'z hisoblariga to'rt ochko yozdirib qo'ygan holda H guruhi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. So'nggi turda Luis de la Fuente shogirdlari Urugvay bilan to'qnash kelishadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar