Rayya Ispaniya terma jamoasidagi darvozabonlar raqobati haqida gapirdi

Ispaniya terma jamoasi darvozaboni David Rayya 2026 yilgi jahon chempionatining Kabo-Verdega qarshi dastlabki o'yinida zaxirada qolgani haqida fikr bildirdi. Darvozani Unay Simon qo'riqladi.
«Bilaman, xatolar bo'ladi, hamma ham meni yoqtiravermaydi, lekin men bahslarni boshqalarga qoldiraman. Murabbiyning qarorini doimo hurmat qilaman. Raqobat — bu yaxshi, mening rolim qanday bo'lishidan qat'i nazar, jamoaga doim yordam beraman», — deya Rayyaning so'zlarini keltiradi The Guardian.
2025/26 yilgi mavsumda Rayya ketma-ket uchinchi marta APLning «Oltin qo'lqop» sovrinini qo'lga kiritdi va Angliya chempionatida g'olib chiqdi.
Ispaniya — Saudiya Arabistoni uchrashuvi 21 iyun kuni Atlantadagi «Mersedes-Bents Stedium»da bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar